Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bayrog‘imiz mangu hilpirayversin! (+video)
11:13 / 2023-11-18

Davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli hisoblanadi. Davlatchiligimiz tarixining qaysi davrini olmaylik, bayroq ajdodlarimiz uchun ozodlik, kuch-qudrat, jasorat, g‘alaba timsoli bo‘lgan.

Olimpiya va paraolimpiya o‘yinlarida sportchilarimizning qo‘lga kiritgan zafarlari barchamizga quvonch ulashadi. Yurt bayrog‘ining balandda hilpirashi har bir vatandoshimiz ko‘nglida faxr va g‘urur tuyg‘ularini uyg‘otadi.

Tinchlik-osoyishtalik hukm surgan yurtga to‘yu, tantanalar, o‘yin-kulgular yarashadi. Hamisha ana shunday bayram kayfiyati yurtdoshlarimizda hukmronlik qilib, tinchlik bayrog‘imiz mangu hilpirayversin.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/XiRGuuUlBvs?si=OGrDqGQO4NrRO9g8" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, A.Ahmedov (O‘zA)