Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bayrog‘imiz – hurlikni ulug‘lovchi timsol
17:25 / 2025-11-19

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Hurlikni ulug‘lab hilpirar mag‘rur” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.

Ko‘rgazmada O‘zbekiston bayrog‘ining qabul qilinishi bilan bog‘liq hujjatlar, kitoblar, davriy matbuotda shu mavzuda chop etilgan maqolalar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi, uning suvereniteti va O‘zbekistonning davlat ramzlari haqidagi kitoblar namoyish etilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i ramzi mamlakatimiz hududida ilgari mavjud bo‘lgan g‘oyat qudratli saltanatlar bayroqlariga xos bo‘lgan eng yaxshi an’analarni davom ettirgan holda tarixiy va zamonaviy davlatchiligimiz, betakror tabiatimiz,  xalqimizning milliy va madaniy o‘zligini ham aks ettiradi.  

Hozirgi kunda milliy bayrog‘imiz xalqaro tashkilotlar peshtoqida, nufuzli anjumanlar to‘rida, sport musobaqalarida hilpirab yurtdoshlarimizning vatanparvarlik tuyg‘usi, mamlakatimizning obro‘-e’tibori ramzi bo‘lib kelmoqda.

Ko‘rgazmada taqdim etilgan kitoblar Davlat ramzlari, xususan bayroqning muqaddasligini, ulug‘vorligini aks ettiradi va uning davlatchilikda tutgan o‘rnini ta’riflaydi. Davlat ramzlari har bir mamlakatning suverenitetini ifodalovchi muqaddas timsollardir.

N.Usmonova, O‘zA