Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bayrog‘imiz – g‘ururimiz, orimiz!
15:30 / 2023-11-18

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutida "Bayrog‘imiz – g‘ururimiz, orimiz!" nomli bayram tadbiri o‘tkazildi.

Bayram tantanavor musiqa sadolari ostida boshlandi.  

Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti rektori, professor Avaz Mansurov O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i, gerbi va madhiyasining ishlab chiqilishi va qabul qilinishidek tarixiy jarayonlar haqida so‘zladi.    

Bugun O‘zbekistondagi ko‘plab rasmiy binolar, keng maydonlarda, shunindek, dunyo bo‘ylab — Birlashgan Millatlar Tashkiloti binosi oldida, O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi diplomatik, savdo vakolatxonalari va konsullik muassasalari binolarida O‘zbekiston davlat bayrog‘i hilpirab turibdi. Ayni paytda bayrog‘imizni yuksaklarda hilpirashida san’at ahlining ham hissasi beqiyosdir.  

Bayram tadbiri davomida institutning iqtidorli talabalari bilan bir qatorda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining chiqishlari namoyish etildi.    

 

N.Usmonova,  

O‘zA