English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bayrog‘imiz – faxrimiz!
17:19 / 2023-11-17

FOTOREPORTAJ

Davlatimiz bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Agentlik xodimlari ishtirokidagi tadbirda yurtimiz ramzi, istiqlolimiz va istiqbolimiz timsoli hisoblangan davlat bayrog‘i o‘zbek ahlining asriy orzu-istaklarini, xalqimizga xos mehmondo‘stlikni, ajdodlar yodi hamda millat g‘ururini mujassam etgani, barcha mamlakatlarning davlat ramzlari orasida alohida hurmat va ehtiromga sazovor ekanligi haqida so‘z yuritildi. 

[gallery-14633]

Qalblarni faxrga to‘ldirib, davlatimiz madhiyasi yangradi. 

O‘zbekiston Madaniy meros agentligi tizimidagi hududiy boshqarmalar va davlat muzeylarida ham ushbu sana keng nishonlanmoqda.

O‘zA fotomuxbiri Davron ERNAZAROV olgan suratlar