FOTOREPORTAJ
Namangan davlat universitetida 18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan “Bayrog‘im – ardog‘im mening” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘z olganlar bayrog‘imiz yurtimizning musaffo osmoni, xalqimizning ezgu niyati, qalblarimizga cheksiz g‘urur va iftixor bag‘ishlovchi muqaddas ramz ekanligi, uni hamisha e’zozlashimiz lozimligini ta’kidladi.
Tadbir doirasida universitetning iqtisodiyot fakulteti talabalari, askarlar hamda ichki ishlar xodimlari ijrosidagi “Bayrog‘ing boshingda hilpirar” deb nomlangan qo‘shig‘i chellenji tashkil etildi.
Chellenjda tarix fanlari nomzodi Baxtiyor Isoqov, fakultet dekani Nozimjon Narzullayev va Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari ishtirok etdi.
[gallery-14623]
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA