Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bayramoldi yarmarkalari gavjum
17:00 / 2016-12-21

Navoiy viloyatida ham bayramoldi qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari o‘tkazilmoqda.

Navoiy viloyatida ham bayramoldi qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari o‘tkazilmoqda.

Navoiy shahridagi markaziy dehqon bozorida ish boshlagan bayramoldi yarmarkasi xaridorlar bilan gavjum. Arzonlashtirilgan narxdagi sifatli mahsulotlar aholiga manzur bo‘lmoqda.

– Yangi yil arafasida an’anaviy tarzda tashkil etilayotgan bayramoldi yarmarkalari aholiga katta qulaylik yaratmoqda, – deydi Navoiy shahridan Shukur Abdullayev. – Bayram dasturxoni uchun zarur bo‘ladigan barcha oziq-ovqat mahsulotlari yarmarka rastalarida bor. Narxlar ham arzon, mahsulotlarning sarasini tanlab olishingiz mumkin. Plastik kartochkalarda xarid qilish imkoniyati ham yaratilgan.

Viloyat tuman va shaharlaridagi yarmarkalarga go‘sht, tuxum, asal, sut va sut mahsulotlari, shuningdek, turli sitrus mevalar belgilangan reja asosida yetkazib berilmoqda.