2006 yil 12 sentyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Tibbiyot xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi mamlakatimizda “Tibbiyot xodimlari kuni” sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.
Poytaxtimizdagi “Turkiston“ san’at saroyida shu munosabat bilan “Bayramingiz muborak, aziz tibbiyot xodimlari!” nomli tadbir o‘tkazilmoqda.
Bayram tadbirida Oliy Majlis Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, vazirlik, idoralar, jamoat va xalqaro tashkilotlar vakillari, shifokorlar, hamshiralar, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar, madaniyat va san’at namoyandalari ishtirok etmoqda.

Tantanali tadbirda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga yo‘llagan bayram tabrigini Senat Raisi Tanzila Norboyeva o‘qib eshittirdi.
Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan Prezidentimiz farmoni asosida taqdirlangan sohaning bir guruh fidoyi xodimlariga davlatimizning yuksak mukofotlari topshirilmoqda.
Bayram tadbiri davom etmoqda.

Mohigul Qosimova,
O‘zA