Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bayramga bag‘ishlangan musobaqa
16:21 / 2025-08-25

Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tashabbusi bilan sportning karting poygasi turi bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionatining hal qiluvchi bosqichi o‘tkazildi.

Tuman o‘quv sport-texnika klubiga qarashli kartodromda murosasiz tarzda o‘tgan final musobaqasida Namangan, Sirdaryo, Toshkent, Buxoro va Xorazm viloyatlari, poytaxtimiz hamda Rossiya Federatsiyasi, Qirg‘iz Respublikasidan kelgan 85 nafar o‘g‘il-qiz o‘zaro bahslarga kirishdi. 

Mustaqilligimizning o‘ttiz to‘rt yilligiga bag‘ishlangan xalqaro turnir shartlariga ko‘ra, sportchilar “Mikro”, “Mini”, “Super mini”, “Ok-junior, “Patriot”, “KF” va “KZ” sinflari bo‘yicha g‘oliblik uchun kuch sinashdi. 

Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, yoshlar o‘rtasida yuqori natijalarga erishgan Toshkent shahri jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Namanganlik sportchilar ikkinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. Uchinchi o‘ringa esa poytaxt viloyati vakillari munosib ko‘rildi. 

Kattalar o‘rtasidagi raqobatda poytaxtlik poygachilariga yetadigani topilmadi. Toshkent viloyati ikkinchi, buxorolik kartingchilar uchinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. 

G‘oliblar “Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyati kengashi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. 

Oqilxon Dadaboyev, Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA.