Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bayramga bagʻishlangan sport musobaqasi
17:57 / 2020-08-29

Jizzax viloyatida Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikning 29 yilligi sharafiga “Sen – qudrat manbai, saodat maskani, jonajon Oʻzbekistonim” shiori ostida bayram tadbirlari boʻlib oʻtmoqda.


Jizzax viloyatida Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikning 29 yilligi sharafiga “Sen – qudrat manbai, saodat maskani, jonajon Oʻzbekistonim” shiori ostida bayram tadbirlari boʻlib oʻtmoqda.

Karantin talablari yumshatilgan keyingi dastlabki musobaqa sportning stol tennisi hamda shaxmat turlari boʻyicha Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi tashabbusi bilan Jizzax shahridagi “Yoshlar innovatsion markazi”da oʻtkazildi.

Karantin talablariga rioya qilingan holda oʻtkazilgan musobaqalarda viloyat favqulodda vaziyatlar, milliy gvardiya, bojxona, ichki ishlar, mudofaa ishlari boshqarmalari tizimidagi harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari ishtirok etdi.

Qiziqarli va bahslarga boy oʻtgan musobaqalar yakunida har ikki tur boʻyicha gʻoliblar tadbir tashkilotchilarining diplom va estalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.