FOTOREPORTAJ
Xorazm viloyatida jami 11 ta dehqon bozori, 9 ta savdo kompleksi faoliyat yuritib kelmoqda. Bayram arafasida ushbu dehqon bozorlari va aholi gavjum joylarda arzonlashtirilgan bayram savdo yarmarkalari tashkil etilgan.
Savdo yarmarkalarida aholi iste’moli uchun zarur bo‘lgan 26 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari savdosi yo‘lga qo‘yilgan. Mavjud dehqon bozorlari qoshida tayyorlov savdo korxonalari, 6 ta “Daladan dasturxonga”, 11 ta “Elga xizmat” va 75 dan ortiq arzonlashtirilgan maxsus savdo rastalari faoliyat yuritmoqda.
[gallery-15154]
Bayram oldidan bozorlarda narx-navo sun’iy ravishda oshirilishining oldini olish, narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida maxsus ishchi guruh tuzilib, nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Sotuvchi va xaridorlarga qulaylik yaratish maqsadida bozorlarda usti yopiq savdo pavilonlari qurildi. Ushbu savdo rastalarida dehqonlarimiz tomonidan yetishtirilayotgan sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan tortib, go‘sht, baliq va sut mahsulotlari, meva-sabzavotlargacha uchratish mumkin.
O‘zA fotomuxbiri Behzodbek SAIDOV olgan suratlar