FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi (IIBB) Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi hamda “Vatan” xayriya jamoat fondi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri tashkil etildi. Unda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdi.
[gallery-15020]
Tadbirda IIBB tomonidan poytaxt hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish, uni oldini olish, jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, ko‘cha va jamoat joylarida patrul-post xizmatini tashkillashtirish, patrul-post xizmati naryadlari tomonidan fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ichki ishlar organlari, huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar va jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi.
Samimiy muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda “Vatan” xayriya jamoat fondi tomonidan soha vakillariga “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalagani uchun” esdalik nishonlari topshirilgani alohida e’tirof etildi.
Kamola YUSUPOVA,
Nosirjon HAYDAROV(surat),O‘zA