English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bayram tadbirlari davom etmoqda
16:58 / 2023-08-26

Ayni kunlarda yurtimizning barcha hududlarida mustaqilligimizning 32 yilligiga bag‘ishlangan tantanalar davom etmoqda.

Ushbu bayramni Yangi O‘zbekistonning bugungi taraqqiyot darajasi, shon-shuhratiga mos holda munosib kutib olish va yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida 2023 yil 27 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” gi qarori qabul qilindi.    

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyati Kengashining “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” g‘oyasi ostida tashkil etiladigan chora-tadbirlar rejasiga asosan joylarda o‘tkazilayotgan tadbirlarda kasaba uyushma faollari alohida tashabbus ko‘rsatmoqda.  

Bugungi kunda kasaba uyushmasi viloyat Kengashi tasarrufida 1374 ta boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti bo‘lib, 178 ming 188 nafar a’zoni o‘z safiga birlashtirgan.

Joriy yilning 7 oyi davomida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyati Kengashi tomonidan korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar va ularning oila a’zolarini sog‘lomlashtirish maqsadida 1200 tadan ortiq sanatoriy yo‘llanmalari ajratildi. Bundan tashqari, 15 mingdan ortiq bolalar oromgohlarga jalb etildi.  

2023 yilning o‘tgan davrida 400 dan ortiq murojaatlar qabul qilinib, fuqarolik ishlari bo‘yicha sud organlariga 100 dan ortiq xodimlarni ishga tiklash, pullarini undirib berish, xodimlar himoyasiga qaratilgan 23 ta da’vo arizasi kiritildi.  

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasi o‘n mingdan ortiq ishchi-xodimlar va ularning oila a’zolari Toshkent, Buxoro, Farg‘ona, Qashqadaryo, Xorazm hamda Samarqand shaharlariga bepul sayohat qilishgan bo‘lsa, 4 mingdan ortiq xodimlarning tarixiy muzeylarga tashriflari uyushtirildi. Umumxalq bayramlari munosabati bilan esa 6 mingdan ortiq xodimlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.  

– O‘z vazifalarimizdan tashqari hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ko‘plab ishlarni amalga oshirmoqdamiz, – deydi Federatsiyaning viloyat Kengashi raisi Nazira Tog‘ayeva. – Xususan, “Ayollar daftari” tizimi orqali 4 bosqichda 100 mingdan ortiq xotin-qizlarning oilaviy sharoiti o‘rganilib, 60 mingdan ortig‘iga turli ko‘rinishdagi amaliy yordamlar ko‘rsatildi. Turli bayramlar arafasida tashkilot va korxonalarda mehnat qilib, ayni paytda nafaqa gashtini surayotgan nuroniy otaxon va onaxonlarimiz, yakka yolg‘iz qariyalarimiz holidan muntazam ravishda xabar olinmoqda.

Mustaqilligimizni mustahkamlash va sarhadlarimizni munosib himoya qilish hamda xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida fidoiylik va jasorat ko‘rsatgan, shuningdek, xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan 10 nafar harbiy xizmatchilarning oila a’zolariga kasaba uyushmalari mablag‘idan moddiy yordam ko‘rsatildi, nogironligi mavjud bo‘lgan 4 nafar Vatan himoyachilariga tibbiy jihozlar, 2 nafar xotin-qizlarga sanatoriyga bepul yo‘llanma topshirildi.  

Kasaba uyushmalari tashabbusi bilan viloyatimizdagi barcha tashkilotlarda mustaqilligimizni madh etuvchi tadbirlar davom etmoqda.  

A.Bo‘riyev, O‘zA