FOTOREPORTAJ
Andijonda 30 iyun – Yoshlar kuni oldidan turli bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda. Andijon viloyatidagi asosiy tadbir “Bobur” shahrida tashkil etildi.
Marosimda viloyat shahar va tumanlaridan 110 ming nafardan ziyod o‘g‘il-qiz va aholi vakili qatnashdi. Bayram paradi, harbiylar yurishi, sport ko‘rgazmalari va madaniy dasturlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
[gallery-23800]
Tadbir doirasida “Ibrat farzandlari”, “Qizlar akademiyasi” kabi loyihalar taqdim etildi.
Konsert dasturida taniqli san’atkorlar va yosh ijrochilar tomonidan chiqishlar qilindi. Bayram salyuti tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
Yilning eng faol, deb topilgan 10 nafar yigit-qizi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Tadbir yoshlarni faollikka, vatanparvarlikka va ilm-ma’rifatga undadi.
Zuhriddin UMURZOQOV(surat),O‘zA