Bayram tadbiri o‘tkazildi
Nukus shahri markazidagi O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalarining davlat bayroqlari o‘rnatilgan maydonda “Qoraqalpog‘iston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida” gi Qonuni qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni bayroq qabul qilinganining 33 yilligi bilan muborakbod etdi.

So‘zga chiqqanlar tomonidan yurtimiz ravnaqi yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar keng e’tirof etildi.

Tadbir san’at ustalarining konsert dasturi bilan davom etdi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri