FOTOREPORTAJ
“Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” degan ezgu g‘oya ostida umumxalq bayrami tadbirlari davom etmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Sharqiy harbiy okrug Farg‘ona dala o‘quv maydonida bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida qadimiy Navro‘z an’analariga sodiq holda, doshqozonlarda sumalak va turli milliy taomlar pishirildi. Harbiy xizmatchilar va mehmonlar orasida milliy o‘yinlar, sport musobaqalari tashkil etilib, faollar rag‘batlantirildi. Osmon uzra turfa rangdagi varraklar parvoz qildi, bolajonlar uchun alohida ko‘ngilochar dasturlar namoyish etildi.
[gallery-22452]
Shuningdek, harbiy qism va muassasalarning milliy ko‘rgazmalari tashkil etilib, tadbir ishtirokchilariga o‘zbek xalqining boy tarixi, urf-odatlari va harbiy merosi aks ettirilgan eksponatlar namoyish qilindi. Tadbir doirasida harbiy okrug qo‘mondonligi tomonidan ikki nafar bolajonning xatna to‘ylari ham o‘tkazildi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA