FOTOREPORTAJ
“NKMK jamg‘armasi” tasarrufidagi barcha madaniyat muassasalari Yangi yil bayramiga o‘zgacha ruh va yangicha yondashuv bilan hozirlik ko‘rdi. Bayram munosabati bilan rang-barang, mazmunli va tomoshabop dasturlar tayyorlanib, aholiga bayramona kayfiyat ulashilmoqda.
Ayniqsa, Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyi hamda “So‘g‘diyona” jismoniy tarbiya va sport majmuasi bu yil har qachongidan-da ko‘ra yanada chiroyli va o‘ziga xos tarzda bezatildi. Yorqin chiroqlar, bayramona bezaklar va ertaknamo manzaralar ushbu maskanlarga alohida fayz bag‘ishlamoqda.
[gallery-26965]
Bugun shahar aholisi va mehmonlari mazkur maydonga tashrif buyurib, Yangi yilning quvonchli shukuhi, bayramona muhit va ko‘tarinki kayfiyatini to‘liq his etmoqda.
Siroj ASLONOV (surat), O‘zA