Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bayram oldidan Zafarobod qiyofasi ham o‘zgarmoqda
14:01 / 2025-08-19

Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida aholi turmush sharoitini yaxshilash, qulay va zamonaviy yashash muhitini yaratish maqsadida ko‘p qavatli turar-joylarni ta’mirlash bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyiha nafaqat binolarning tashqi qiyofasini yangilash, balki atrof muhitni obod qilish, infratuzilmani yaxshilash va fuqarolar uchun munosib hayot sharoiti yaratishga qaratilgan.

Xususan, tumanning Bo‘ston mahallasidagi 5 ta ko‘p qavatli uyda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari aholi tomonidan katta mamnuniyat bilan qarshi olinmoqda. Bolalar va keksalar uchun xavfsiz, shinam va ekologik toza muhit yaratilayotgani — inson manfaatlarini ustuvor qo‘ygan yurtimiz siyosati samarasidir.

Shu bilan birga, piyodalar uchun yo‘lakchalar qurilmoqda, oqava suv tarmoqlari yangilanib, zamonaviy latoklar o‘rnatilmoqda.  

Tuman hokimligi tashabbusi bilan ko‘p qavatli uylar yonida zamonaviy tantanalar o‘tkazishga mo‘ljallangan yangi bino qurilishi boshlab yuborildi.  

A. Qayumov (surat, video), O‘zA muxbiri