Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bayram oldidan eng faol ijodkorlar rag‘batlantirildi
11:21 / 2019-08-21

Termiz shahridagi Matbuot uyida “Eng ulug‘, eng aziz“ ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali marosimda voha ijodkorlari, ma’naviyat-ma’rifat xodimlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.


Termiz shahridagi Matbuot uyida “Eng ulug‘, eng aziz“ ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali marosimda voha ijodkorlari, ma’naviyat-ma’rifat xodimlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda keyingi yillarda mamlakatimizda adabiyot, san’at va madaniyatni yangi bosqichda rivojlantirish uchun ijodkorlarga alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotgani ta’kidlandi.

4.jpg

Tanlov natijalariga ko‘ra, “Yilning eng yaxshi yozuvchi va shoirlari badiiy asarlari” nominatsiyasida yosh ijodkor L.Berdieva, “Yilning eng yaxshi bosma ommaviy axborot vositalari xodimlarining maqolalari” yo‘nalishida “Xalq va hayot” gazetasi bosh muharriri N.Temirov, “Yilning eng yaxshi veb-saytlar yo‘nalishdagi jurnalistik ishlari” bo‘yicha “Diyor-24” sayti, “Yilning eng yaxshi televidenie va radio ijodkorlari materiallari” nominatsiyasida Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasi muxbiri S.To‘raev, “Yilning eng yaxshi tasviriy san’at, foto asarlari va dizayn ishlari” yo‘nalishida “Surxon tongi” hamda “Zarya surxana” gazetalari birlashgan tahririyati fotomuxbiri Ikromiddin Amirqulovlar g‘olib bo‘ldi.

9.jpg

– Mustaqillik sharofati bilan viloyatimizda yuz berayotgan o‘zgarish va yangilanishlar aks etgan foto materiallarim eng ulug‘, eng aziz bayramimiz arafasida birinchi o‘ringa munosib ko‘rilganidan mamnunman, – deydi I.Amirqulov. – Bu meni yanada ko‘proq izlanib, mehnat qilishga, istiqlol berayotgan buyuk ne’matlarni o‘z fotoasarlarimda kengroq yoritishga undaydi.

12.jpg

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.