Bayram munosabati bilan yoshlar o‘rtasida bayroq ilish chellenji start oldi
Mustaqilligimizning 32 yillik shodiyonasi munosabati bilan Yoshlar ishlari agentligi tomonidan mamlakatimiz bo‘ylab “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” va “Har bir kun - bu imkoniyat, har bir kun - bu kelajak uchun poydevor” shiori ostidagi yoshlar o‘rtasida bayroq ilish chellenjiga start berildi.
Yoshlarni yurtga sadoqat, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ulug‘ ajdodlarimizning boy ma’naviy merosi, yaqin va uzoq o‘tmishda xalqimiz ko‘rsatgan matonat va fidoyilik, Yangi O‘zbekistonimizdagi izchil islohotlarni yoshlarning keng qatlamiga yetkazish maqsadida tashkil etilgan chellenjda barcha hududlardan yoshlar ishtirok etmoqda.
Mazkur chellenj doirasida faol yoshlar tomonidan o‘z hudud va mahallalarida yurtimiz bayrog‘i va plakatlari ilinib, aholiga tarqatilmoqda.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA