Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bayram munosabati bilan “Adliyadan adliyagacha” huquqiy marshi o‘tkazildi
19:48 / 2021-08-28

Adliya vazirligi aholi uchun foydali va zarur tadbirlarni tashkil etishda davom etmoqda. Mustaqillikning 30 yilligi shodiyonalari arafasida Adliya vazirligi va Toshkent shahar adliya boshqarmasi bilan birgalikda “Adliyadan adliyagacha” huquqiy marshi tashkil etildi.

Adliya huquqiy marshi Yunusobod tumani adliya bo‘limidan boshlanib Adliya vazirligi binosida yakunlandi. Tadbir davomida ishtirokchilar “Shayx Shibliy” hamda “Minor” mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib, sayyor qabul ham tashkil qilindi.

Sayyor qabul davomida adliya bo‘limlari, davlat xizmatlari markazlari, FHDYO, “Madad” NNT xodimlari, notariuslar tomonidan Prezidentimiz tashabbusi bilan ilgari surilgan muammolarni “Mahallabay” tizimi orqali hal etish borasida aholiga huquqiy maslahatlar berish bilan birga sayyor xizmatlar ham ko‘rsatdi.

“Ayollar daftari”, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning huquqiy muammolari o‘rganildi va maslahatlar berildi.

Ishtirokchilarning keyingi manzili 21 - sonli “Mehribonlik uyi” bo‘ldi. Bu yerda tarbiyalanuvchilar uchun bayram tuhfalari taqdim etildi. Tarbiyalanuvchilar bilan suhbat o‘tkazilib, ularga yaratilgan imkoniyatlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Uchrashuv davomida tarbiyalanuvchilar o‘rtasida huquqiy viktorina o‘tkazilib, g‘oliblar Adliya esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatishga qaratilgan adliya huquqiy marshi “Oloy bozori” hududida o‘z ishini davom ettirib, aholiga, shu jumladan, tadbirkorlarga huquqiy maslahatlar berildi va sayyor xizmatlar ko‘rsatildi.

Tadbirda huquqni faol targ‘ib qilish, qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini aholiga tushunarli va qiziqarli tarzda yetkazishga va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etgan holda piyoda yurishga asosiy e’tibor qaratildi.

Adliya vazirligi tomonidan minimal talablar asosida ishlab chiqilgan hamda aholi bilishi lozim bo‘lgan uy-joy, oila, soliq, bank, tadbirkorlik, yer, mehnat va ta’lim qonunchiligiga oid, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta bilan bog‘liq munosabatlar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va boshqa sohalarga oid targ‘ibot materiallari bepul tarqatildi.

Fuqarolarni huquqiy bilimlarga qiziqtirish hamda ularning huquqiy savodxonligini oshirishga rag‘batlantirish uchun tanlov-testlar, viktorinalar, huquqiy targ‘ibotga doir boshqa aksiyalar tashkil etildi.

Huquqiy marsh davomida o‘tkazilgan barcha tadbirlar karantin qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda tashkil etildi.

Marsh yakunida Adliya vazirligi binosi yonida, Vazirlik tomonidan o‘tkazilgan “Mustaqillik huquq demakdir” ijodiy tanlovi va “Islohotlar bilimdoni” sovrinli viktorinasi g‘oliblariga esdalik sovg‘alari topshirildi.

N.Abduraimova, O‘zA