Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bayram kunlari aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi ta’minlanadi
15:36 / 2022-07-08

Qurbon hayitini munosib nishonlash hamda bayram kunlari mamlakat aholisining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash maqsadida Respublika Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan Respublikaning barcha xududlarida Qurbon hayiti namozi o‘qiladigan masjidlarining sanitarik holatini hamda karantin qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish uchun Sanepidxizmatning malakali mutaxassisilari biriktiriladi.

Tadbirlar o‘tkaziladigan joylar yon-atrofida tashkil etiladigan oziq-ovqat savdosi ob’ektlarida va savdo yarmarkalarida xavfsizligini kafolatlovchi hujjatlari bo‘lmagan hamda tez buziluvchan va uy sharoitida tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari savdosini oldini olish qat’iy nazorat qilinadi. 

Savdo ob’ektlarida, yarmarkalarda savdo qiluvchi hamda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni tibbiy ko‘rikdan to‘liq o‘tganligi va maxsus ust-bosh bilan ta’minlanganligi nazoratga olinadi. 

Tadbirlar o‘tkaziladigan ob’ektlarda, savdo yarmarkalari joylashgan hududlarda dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya ishlarining tashkil etiladi. 

O‘zA