Bayram ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda
Buxoro viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 29 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni alohida tayyorgarlik va ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda.
Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Botir Zaripov, Janubiy-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi, Milliy gvardiya, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning viloyat boshqarmalari rahbarlari, shuningdek, ta’lim muassasalari, davlat, jamoatchilik va yoshlar tashkilotlarining vakillari ishtirokida Buxoro shahridagi Motamsaro ona haykali poyiga tantanali gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.
[gallery-781]
Yig‘ilganlar Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘yib, tinchlik uchun, avlodlar kelajagi uchun jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirishdi.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA