Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bayram ko‘ngildagidek o‘tishi ta’minlanadi
13:19 / 2024-12-29

Samarqand viloyatidagi barcha shahar va tumanlar markazlari, madaniyat va istirohat bog‘lari, teatr va san’at saroylarida Yangi yil bayrami tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bu maskanlarda, umuman, 22 joyda ulkan archalar bezatilib, madaniy dasturlar namoyish etilmoqda.

Ushbu tadbirlar chog‘ida fuqarolar va jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida viloyat hokimligi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy chora-tadbirlar ko‘rilgan.

Bayram tadbirlari o‘tkaziladigan ob’ektlarda ichki ishlar, milliy gvardiya, favqulodda vaziyatlar idoralari xodimlari jamoat tartibi hamda xavfsizligini ta’minlamoqda.  

Jumladan, ichki ishlar idoralarining 1200 nafardan ortiq shaxsiy tarkibi jalb etilgan. Viloyat ichki ishlar boshqarmasida tezkor shtab va viloyat IIB jamoat xavfsizligi xizmati monitoring markazida ishchi guruh faoliyati yo‘lga qo‘yilib, Ichki ishlar vazirligiga integratsiya qilingan.  

– Bayram tadbirlari o‘tkaziladigan hududlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta’minlash maqsadida favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati boshchiligida kunu tun profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda, – deydi Samarqand viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mas’ul xodimi Ilhom Boqiyev. – Yangi yil archasi o‘rnatilgan joylar atrofidagi, 300 metr radiusdagi tadbirkorlik sub’ektiga qarashli 139 ta ob’ektda yong‘in-profilaktika ko‘riklari, davlat tasarrufidagi 84 ta ob’ektda tekshiruv o‘tkazildi. Shuningdek, 1823 ta yakka tartibdagi aholi turar joylari, 55 ta ko‘p qavatli uyning yong‘inga qarshi holati tekshirildi. Tadbirlar davomida aniqlangan kamchiliklar va muammolar haqida viloyat, shahar va tuman hokimliklariga 16 ta, huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga 16 ta axborotnoma va boshqa idoralarga 14 ta taqdimnoma kiritildi.

[gallery-21089]

Bayram tadbirlari o‘tkazilayotgan joylarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta’minlash maqsadida favqulodda vaziyatlar boshqarmasi 54 nafar ofitser hamda 23 ta yong‘in o‘chirish avtomobilining 110 nafar ekipaji bilan birga kechayu kunduz navbatchiligi tashkil etilgan.

G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari