FOTOREPORTAJ
Mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan joylarda “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida konsert tadbirlari tashkil etilmoqda. Ana shunday tadbirlarning navbatdagisi Termiz shahridagi Bog‘ishamol mahallasida bo‘lib o‘tdi.
Tadbir avvalida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari Nargiza Rahmatullayeva so‘zga chiqib, barchani bayram bilan muborakbod etdi, istiqlol yillarida erishilgan yutuqlar haqida so‘z yuritdi.
[gallery-24881]
Konsert dasturida mahalliy san’atkorlar, yosh iqtidor egalari va folklor jamoalar o‘z chiqishlari bilan tomoshabinlarga bayramona kayfiyat ulashdi.
“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” – ushbu ezgu chaqiriq nafaqat tadbir shiori balki, har bir yurtdoshimizning qalbida yashayotgan fidokorlik tuyg‘usining ifodasi sifatida yangradi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA