FOTOREPORTAJ
Yangi yil bayrami munosabati bilan Farg‘ona viloyati shahar va tumanlarida ham arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi.
Shu tariqa Yangi yil savdo yarmarkalarida 27 turdan ortiq kundalik zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari, bayram sovg‘alari aholiga maqbul narxlarda yetkazib berilmoqda. Savdo rastalari har kuni yangi va sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, salqin ichimliklar, go‘sht, guruch, umuman olganda, bayram dasturxoni uchun eng kerakli noz-ne’matlar bilan to‘ldirilmoqda.
[gallery-10111]
– Savdo yarmarkasida aholi uchun eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari arzon narxlarda sotilmoqda, - deydi Marg‘ilon shahar “Dehqon bozori” aksiyadorlik jamiyati rahbari Umarjon Mamajonov. – Rastalarda Qo‘shtepa va Yozyovon tumani fermer xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hamda tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari joy olgan.
Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA