Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bayram dasturxoni to‘kin bo‘ladi
13:52 / 2015-12-28

Yangi yil bayramini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish va aholining bayram dasturxoni to‘kinligini ta’minlash maqsadida Nukus shahrida bayramoldi qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari o‘tkazilmoqda.

Yangi yil bayramini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish va aholining bayram dasturxoni to‘kinligini ta’minlash maqsadida Nukus shahrida bayramoldi qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari o‘tkazilmoqda.

“Nukus dehqon bozori” ochiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan tashkil etilgan yarmarkada Nukus, Kegeyli, Chimboy, Qorao‘zak, To‘rtko‘l, Amudaryo, Beruniy, Ellikqal’a tumanlarining fermer xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilgan meva va poliz, kichik korxonalar, firmalar va xususiy tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari xaridorlarga taklif etilmoqda.

Shahardagi “Stroyvektor” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli “Panamilk” korxonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan sut va sut mahsulotlariga talab ayniqsa yuqori.

– Xaridorlarga 50 dan ziyod xilda sut va sut mahsulotlari taqdim etmoqdamiz, – deydi “Panamilk” korxonasi sotuvchisi Salina O‘tepbergenova. – Bayram dasturxonining to‘kinligi uchun tashkil etilgan savdo yarmarkasida 400 tonnaga yaqin poliz-sabzavot mahsulotlari, meva, kartoshka, uzum sotilishi rejalashtirilgan.

Bunday bayramoldi yarmarkalari Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha tumanlarida faoliyat olib bormoqda.