Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bayram bayramdek bo‘ldi
15:27 / 2025-06-30

30 iyun – Yoshlar kuni Farg‘ona viloyatining barcha shahar va tumanlarida bayramona nishonlanmoqda. Kecha Farg‘ona shahrining bosh maydonida o‘n mingdan ziyod yoshlar uchun mamlakat san’at ustalari ishtirokida konsert-shou bo‘lib o‘tdi.

Qadimiy Qo‘qon shahri yana yoshlar markaziga aylandi. Shaharning o‘ndan ortiq hududlariga sahna o‘rnatilib, ularda mamlakatimizda yoshlarga yaratib berilgan sharoit  uchun minnatdorchilik so‘zlari yangradi, kelajakning ilg‘or modullari haqida taklif va tashabbuslar bildirildi. Bosh sahna esa Furqat bog‘idagi amfiteatr edi. U yerga 5 mingdan ziyod yigit-qizlar tashrif buyurdi. Tinch va musaffo osmon, baxtli hayot, istiqbolli kelajak uchun davlat rahbariga fidoyilik ko‘rsatish haqida va’dalar berildi.

Mamlakatimizda hattoki biznes vakillari ham ijtimoiy loyihalarda faol ishtirok etayotgani “Inson qadri uchun, inson baxti uchun” shiori ostida amalga oshirilayotgan islohotlar aholining barcha qatlamlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganiga yana bir yaqqol misoldir.

Tantanali tadbirda ishtirok etgan Qo‘qon shahar hokimi Ma’rufjon Usmonov mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan yuksak e’tibor xususida to‘xtalib, yuzlab yoshlarni doimiy ish bilan ta’minlagan va mahalliy xom-ashyodan import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarayotgan mahalliy brend kompaniyalarini alohida e’tirof etdi.

El-suygan san’atkorlar ishtirokida konsert, lotereya va ko‘ngilochar shoular o‘tkazildi.

Muhammadjon Obidov, O‘zA muxbiri