Bayram barchaga shodumonlik bag‘ishlamoqda
Yangi yil bayrami munosabati bilan joylarda ehtiyojmand insonlarga mehr-muruvvat va xayriya tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Xususan, Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi boquvchisini yo‘qotgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilar vaqtinchalik istiqomat qiladigan oilaviy yotoqxonada xuddi shunday tadbir tashkil etildi. Unda tuman hokimi O‘ktam Pardayev boshchiligidagi sektor rahbarlari, nuroniylar, xalq qabulxonasi mudiri, mahalla faollari hamda “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘linmasi rahbari ishtirok etdi.
Shu kuni mazkur yotoqxonada yashovchi 37 nafar oilaga oziq-ovqat mahsulotlari hamda ularning jajji farzandlari uchun Qorboboning Yangi yil sovg‘alari topshirildi.





O‘lmas Baratov, O‘zA.