Bayram archasi barchani tantanaga chorlamoqda
FOTOREPORTAJ
Namangan shahrida joylashgan Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida musiqali va rang-barang chiroqli, 29 metr balandlikdagi viloyat bosh archasi ochildi. Bayramning bosh timsoli bo‘lgan ushbu archani 60 ming dona 7 xil rangda yonuvchi chiroqlar bezab turibdi.
Tantana joyida sahnalar, bolajonlar uchun o‘yin maydonchalari, savdo shoxobchalari joy egallagan. Bayramni ko‘tarinki ruhda o‘tkazish maqsadida madaniyat xodimlari tomonidan qiziqarli teatrlashtirilgan konsert dasturi ishlab chiqilgan. Unga respublikaning taniqli san’atkorlari, ijodiy jamoalar jalb etiladi.
Ta’kidlash kerak, Yangi yil archasi Davlatobod tumanidagi “Afsonalar vodiysi” tematik parkiga ham o‘rnatildi.
[gallery-15246]
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA