Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bayram arafasida harbiylar uyli bo‘ldi
20:13 / 2023-08-28

Mustaqilligimizning 32 yilligi bayrami arafasida Mudofaa vazirligi tizimidagi 30 nafar harbiy xizmatchiga Guliston shahrida qurilgan ko‘pqavatli yangi uylardan xonadonlar tantanali ravishda topshirildi.

Sirdaryo viloyati hokimi, harbiy-ma’muriy sektor rahbari Akmaljon Mahmudaliyev yig‘ilganlarni bayram bilan qutlab, keyingi yillarda milliy armiyamizning jangovar salohiyatini yuksaltirish, harbiy xizmatchilarning yashash sharoiti, ularning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

– Mustaqilligimizning 32 yilligi bayrami oilamizga quvonch olib keldi, – deydi harbiy xizmatchi Yo.Pirimqulov. – 14 yildan buyon oilam bilan ijara uylarda yashab kelaman. Menga hukumatimiz tomonidan Guliston shahar markazida barpo etilgan yangi uydan 3-xonali xonadon taqdim etildi. Rafiqam, 3 nafar farzandim quvonchining cheki yo‘q. Hukumatimiz, Prezidentimiz tomonidan biz harbiylarga bo‘lgan e’tibor, g‘amxo‘rlikdan boshimiz ko‘kka yetdi.  

[gallery-13297]

Sh.Suyarov, Sh.Ortiqboyev(surat), O‘zA muxbirlari