Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Baynalmilalchi jangchilar sharaflandi
18:03 / 2024-02-26

Asaka tumanida xalqaro terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi harakatlarda qatnashgan sobiq sovet qo‘shinlari harbiy kontingentining Afg‘oniston Respublikasidan olib chiqilganligining 35 yilligi munosabati bilan “Mardlar hech qachon unutilmaydi!” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Asaka tumani hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda so‘z olganlar tomonidan o‘zbek yigitlarining Afg‘onistondagi janglarda ko‘rsatgan mardligi, jasorati haqida gapirildi, mamlakatimizda ularga alohida e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotganligi ta’kidlandi.  

Tadbirda baynalmilalchi jangchilarga hurmat-ehtirom ko‘rsatildi, ularga sovg‘alar ulashildi.  

Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistondagi harbiy harakatlarda birgina Andijon viloyatidan 5 ming 300 nafar yigit qatnashgan. Ularning aksariyati janglarda mardlik, jasorat namunalarini ko‘rsatib, turli medal va ordenlar bilan taqdirlangan. Janglardan 673 nafar yigit nogiron bo‘lib qaytgan bo‘lsa, 152 nafariga ona yurtga tirik qaytish nasib etmagan.  

San’atkorlar tomonidan namoyish etilgan badiiy dastur, yosh harbiylarning ko‘rgazmali chiqishlari tadbir ishtirokchilarga xush kayfiyat ulashdi.  

 

F. Ubaydullayev,  

O‘zA muxbiri