Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Baydenning saylov kampaniyasi “TikTok”da o‘z sahifasini ochdi
11:02 / 2024-02-12

AQSH Prezidenti Jo Bayden yakshanba kuni rasman “TikTok”ga qo‘shildi.

Bayden kampaniyasi platformaga a’zo bo‘lganini “salom bolalar” deb yozilgan video va “iqtisodiyot rivojlanadi” deb yozilgan ilk posti orqali e’lon qildi.

Saylov kampaniyasi bo‘yicha maslahatchilarning so‘zlariga ko‘ra, akkaunt Bayden-Xarris jamoasi tomonidan boshqariladi. Shuningdek, saylovoldi voqealar rivoji “Threads”, “Instagram”, “Facebook”, “X” va “Truth social” kabi tarmoqlarda ham keng yoritib boriladi.

– Bizning Rim imperiyamiz saylovchilar qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar, ularga yetib boradi, -dedi Baydenning saylov kampaniyasi bo‘yicha menejer o‘rinbosari Rob Flerti.

So‘nggi kunlarda AQSHda “Rim imperiyasi” iborasi inson haqida qayg‘uruvchi va fikrlash so‘zining qisqartmasi vazifasini bajaradigan memga aylandi. Bayden jamoasi yoshlar bilan hamkorlik qilish uchun memlarga qattiq suyangan. 

– Mamlakat bo‘ylab yoshlar buni kutishgan edi. Prezident qayerda bo‘lsa ham yoshlarni qo‘llab-quvvatlamoqda, shuning uchun biz unga yordam beramiz, -dedi “Gen Z” siyosiy kontent yaratuvchisi Aron Parnas.

Biroq “TikTok” Respublikachilar partiyasi tomonidan tanqid ostiga olinmoqda, ular ilovaning Xitoy kompaniyasi bilan aloqasi borligidan xavotirda.

Bayden kampaniyasi o‘z profillari atrofida ilg‘or xavfsizlik choralarini kuchaytirayotganini va “TikTok” egasi “Byte Dance” bilan muzokaralar olib borilayotganini ta’kidladi.

O‘tgan yili “The Washington Post” gazetasi ba’zi demokratlarning “TikTok”ga qarshi tazyiqlari partiyaning yosh saylovchilarni qamrab olish qobiliyatiga zarar yetkazishi mumkinligini aytib chiqqan edi.

– Saylovlarda g‘alaba qozonish uchun juda foydali bo‘lgan manbadan voz kechish o‘z oyog‘ingizga bolta urish bilan barobar, -dedi mamlakatdagi ijodkorlar koalitsiyasi asoschisi Aydan Kon Merfi.

Ammo yaqinda “TikTok”ning ko‘plab yosh foydalanuvchilari platformadan Baydenni tanqid qilish uchun ham foydalanishdi. Ular uning iqlim o‘zgarishi, G‘azodagi inqiroz va pandemiyaga qarshi kurash bo‘yicha siyosatiga qarshi chiqishdi. Shuningdek, o‘tgan yili ko‘plab yosh faollar Bayden ma’muriyatini Alyaskadagi “Willow” neftni burg‘ulash loyihasini to‘xtatishga majbur qilish uchun “TikTok”dan foydalanishga harakat qilishdi. Afsuski, ularning bu harakati muvaffaqiyatsiz yakunlandi, lekin “TikTok” AQSHda kuchli siyosiy platforma va progressiv faollik markazi bo‘lib qoldi.