Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Baydenning fikricha, Rossiya iqtisodiyoti ikki barobarga qisqaradi
15:43 / 2022-03-28

AQSH prezidenti Jo Baydenning ta’kidlashicha, Rossiya iqtisodiyoti g‘arb mamlakatlari sanksiyasi tufayli ikki barobarga qisqaradi va dunyoning kuchli yigirmataligiga kirmay qoladi.

"Iqtisodiyoti shu yilning o‘zida ikki barobarga qisqarish yo‘lida turibdi. U hatto dunyoning eng yirik yigirmata mamlakati qatoriga ham kirmaydi", – dedi u Yevropa safari chog‘ida Varshavada chiqish qilganida.

Baydenning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina voqealarigacha Rossiya dunyoning eng yirik iqtisodiyotga ega bo‘lgan 11 chi mamlakati hisoblanardi.