Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bayden Xitoyning COVID-19 siyosatidan xavotir bildirdi
09:21 / 2023-01-05

AQSH Prezidenti Jo Bayden Xitoyning mamlakatda COVID-19 tarqalishiga qarshi kurash siyosatidan xavotirda ekanini aytdi. Bu haqda Amerika yetakchisi Kentukki shtatida jurnalistlar bilan suhbatda gapirdi.

Prezidentga Xitoy hukumati tomonidan pandemiyaga qarshi kurash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlardan havotirdamisiz, degan savoliga “Ha, men xavotirdaman. Lekin, menimcha, biz Amerika tartib-qoidalariga rioya qilishimiz kerak”, deb javob qaytardi.

Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per AQSH ma’muriyati Pekin yordam berishdan bosh tortganiga qaramay, Xitoyni COVID-19 vaksinalar va pandemiya tarqatishiga qarshi kurashning boshqa vositalari bilan qo‘llab-quvvatlash taklifini davom ettirayotganini aytgandi.

Xitoy dekabr oyi boshida COVIDga qarshi cheklovlarni ancha yumshatdi, ammo shundan keyin mamlakatda koronovirusning keng tarqalishi kuzatildi. AQSH, Yaponiya, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya va boshqa ba’zi davlatlar, shu jumladan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Xitoyga kelayotgan insonlar uchun qattiqroq choralarni e’lon qildilar.

 

O‘zA