French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bayden va Zelenskiy uchrashuvida barcha maqsadlarga erishilgani aytildi
09:46 / 2023-07-13

NATOning Vilnyus sammiti doirasida AQSH Prezidenti Jo Bayden va uning ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy o‘rtasida Kiyevning qarshi hujumi va Vashingtonning xavfsizlik kafolati bo‘yicha ikki tomonlama muzokarani boshlashga tayyorgarlik masalasi ko‘rib chiqildi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Yetakchilar “G7” guruhi davlat rahbarlari va Zelenskiy uchrashuvi oldidan Ukrainaga yordam deklaratsiyasi e’lon qilinganini olqishladilar”, deyiladi bayonotda.

Bayden jurnalistlarga Zelenskiy bilan muloqot chog‘ida ko‘rib chiqilgan barcha masalalarda kelishuvga, ko‘zlangan maqsadga erishilganini aytdi.

Shuningdek, Amerika yetakchisi sammit doirasidagi tadbirlarda harbiy mutaxassislar qarshi hujum Ukraina uchun juda og‘ir kechayotganini ta’kidlaganini qayd etdi.

O‘zA