Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bayden va Si Szinpin telefon suhbati ikki soat davom etdi
09:31 / 2022-07-29

AQSH Prezidenti Jo Bayden va Xitoy rahbari Si Szinpin o‘rtasidagi telefon muloqoti ikki soatdan ortiq davom etdi, deb xabar berdi Oq uy matbuot xizmati.

- Ikki rahbar ikki soat-u 20 daqiqa suhbatlashdi, bunga uzoq vaqtdan beri tayyorgarlik ko‘rilgan edi. Davlat rahbarlari “to‘g‘ridan-to‘g‘ri, juda samimiy gaplashishdi, - deyiladi bayonotda.

Yetakchilar kelgusida ham bir-birlari bilan aloqani davom ettirishga tayyorliklarini izhor etdi.

Xitoy Tashqi ishlari vazirligining matbuot uchun hozirlagan bayonotida ikki rahbar XXR va AQSH ishchi guruhlariga “muloqot va hamkorlikni bundan keyin ham davom ettirish” yuzasidan alohida topshiriq bergan.

Bayden va Si Szinpin o‘rtasidagi telefon suhbati Rossiya va Xitoy Tashqi ishlar vazirlari Van I va Sergey Lavrov o‘rtasida Toshkent bo‘lib o‘tgan muzokara bilan, deyarli, bir vaqtda bo‘lib o‘tgani ta’kidlandi.
 

O‘zA