Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bayden va Netanyaxu telefon orqali suhbatlashishdi
09:24 / 2022-11-08

AQSH Prezidenti Jo Bayden «Likud» partiyasi yetakchisi Binyamin Netanyaxu bilan telefon orqali suhbatda ikki tomonlama munosabatlar mustahkamligini qayd etib, Isroil xavfsizligini ta’minlash niyatida ekanligiga ishontirdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati tarqatgan bayonotda aytiladi.

«Prezident umumiy demokratik qadriyatlar va manfaatlarga asoslangan AQSH – Isroil ikki tomonlama hamkorlik munosabatlarini yana bir bor tasdiqladi va Isroil xavfsizligini so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi».  

«Yetakchilar Isroil hukumati qayta shakllantirilgach, yana suhbatlashishga kelishib oldilar», deyiladi bayonotda.  

 

 O‘zA