Quddusda Isroil Bosh vaziri Yair Lapid va AQSH Prezidenti Jo Bayden o‘rtasidagi ikki tomonlama uchrashuv yakunlandi, deb xabar tarqatdi Oq uy matbuot xizmati.
“Biz Saudiya Arabistoni haqida, shuningdek uzoq vaqtdan beri bahs etib kelinayotgan Yaqin Sharqda xavfsizlik koalitsiyasi tuzish to‘g‘risida gaplashdik”, dedi Lapid.
Suhbatning yana bir muhim mavzusi Eron yadro dasturiga qarshi hamkorlik edi. Isroil hukumati rahbari ta’kidlaganidek, tomonlar Eron “tahdidi”ni, Tehron yadro quroliga ega bo‘lishining oldini olishga qaratilgan amallarni ham muhokama qilishdi.
O‘z navbatida Bayden Lapidni Qo‘shma Shtatlar Isroil xavfsizligini qo‘llab-quvvatlashiga ishontirdi. “Men Isroilning mintaqa integratsiyasiga qo‘shilishi muhimligi haqida gapirdim. Bu masalada hech qanday shubha bo‘lmasligi kerak: biz sizning xavfsizligingizni to‘liq ta’minlaymiz”.
Shundan keyin yetakchilar ikki davlat delegatsiyalarining kengaytirilgan yig‘ilishida qatnashdilar.
O‘zA