English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bayden va Erdog‘an transatlantik xavfsizlikni muhokama qilishdi
09:12 / 2023-05-30

AQSH va Turkiya Prezidentlari Jo Bayden va Rejep Tayyip Erdog‘an telefon orqali muloqot chog‘ida transatlantik xavfsizlikni mustahkamlash uchun NATO doirasida ikki tomonlama hamkorlik va uni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bayonotga ko‘ra, Bayden “Turkiya yetakchisini qayta prezident etib saylangani bilan qutladi”. 

“Ular mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida yaqin sheriklar sifatida o‘zaro hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha umumiy majburiyatlari borligini e’tirof etishdi”, deyiladi hujjatda.

Suhbatdoshlar NATO ittifoqchisi sifatida mintaqaviy va global muammolarga, jumladan, Vilnyusda 11-12 iyul kunlari o‘tadigan Alyans sammitida transatlantik    xavfsizlikni mustahkamlashga javob berishga tayyor ekanliklarini bildirishdi”. 

Bayonotda aytilishicha, amerikalik yetakchi turkiyalik hamkasbi bilan Shvetsiyaning NATOga kirishi masalasini ham ko‘rib chiqishgan. Davlat rahbarlari bu boradagi muzokarani kelasi haftada davom ettirishga kelishib olganlar.  

O‘zA