Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bayden va Abbos muzokarasi tugadi
18:41 / 2022-07-15

Yopiq eshiklar ortida o‘tgan muzokaradan so‘ng AQSH Prezidenti Jo Bayden va Falastin yetakchisi Mahmud Abbos matbuot anjumanida qatnashdi, deb xabar berdi Oq uy ma’muriyati.

Qo‘shma Shtatlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharqdagi falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish ishlarini tashkil etish uchun 200 million dollar ajratdi.

«Bu mablag‘ ojiz falastinliklar, ayniqsa, bolalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muhim ishni davom ettirishi uchun sarflanadi», dedi Bayden.

Prezident ta’kidlashicha, «AQSH 2021 yil iqtisodiy rivojlanish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida Falastinga 500 million dollar ajratgan va hozirgacha bu mablag‘ning 400 millioni yetkazib berilgan».

Mahmud Abbos suhbatdoshiga minnatdorlik bildirib, Sharqiy Quddusdagi AQSH konsulxonasini qayta ochilishini so‘rab, Vashingtonda ham Falastin vakolatxonasi faoliyat olib borishi uchun ruxsat so‘radi. 

Shu bilan birga Abbos Falastin Ozodlik tashkilotini terrorchi guruhlar ro‘yxatidan chiqarishga chaqirdi.

O‘zA