Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bayden: Urushni tugatish vaqti keldi
16:12 / 2024-10-18

AQSH Prezidenti Jo Bayden XAMAS yetakchisi Yahyo Sinvar o‘ldirilishini izohlarkan, “bu urushni tugatish vaqti keldi”, deya ta’kidladi jurnalistlar bilan suhbatda.

– Urushni tugatish va garovga olinganlarni uylariga qaytarish vaqti keldi, – degan u. – Biz bunga tayyormiz. G‘azoda sulhga erishish uchun qadam tashlash kerak.

Bayden AQSH Davlat kotibi Isroilga tashrif buyurishini ham oshkor qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bir necha kundan keyin Entoni Blinken yahudiy davlatida hamkasblari bilan mavjud vaziyatni muhokama qiladi.