Bayden: Trassning iqtisodiy rejasi boshdan noto‘g‘ri bo‘lgan!
AQSH Prezidenti Jo Bayden Buyuk Britaniya Bosh vaziri Liz Trass tuzgan iqtisodiy rejani boshidanoq xato bo‘lganini aytdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.
“Buni xato, deb o‘ylagan yolg‘iz men emasman”, dedi Bayden.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Buyuk Britaniyadagi voqealarning hozirgi rivojini ancha oldin “bashorat qilish mumkin” edi.
Bayden Trass taklif qilgan rejaga rozi emasligini, ammo har qanday qaror britaniyaliklarning o‘ziga bog‘liq bo‘lishi kerak, deb hisoblashini ta’kidladi.
“Guardian” gazetasi xabar berishicha, keyingi hafta Britaniyaning hukmron Konservativ partiyasi deputatlari Bosh vazirning siyosiy kelajagini muhokama qilishmoqchi.