English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bayden: Trampning ehtimoliy g‘alabasi tahdidli
12:39 / 2023-12-10

AQSH Prezidenti Jo Bayden fikricha, Mustaqillik deklaratsiyasining 250 yilligi munosabati bilan hokimiyat tepasiga respublikachi kelishiga mamlakat tavakkal qilishi kerak emas. Bu haqda Oq uy matbuot xizmatiga tayanib, TASS ma’lum qildi.

Amerika yetakchisi Donald Trampning kelasi yilgi prezidentlik saylovida ehtimoliy g‘alabasi Qo‘shma Shtatlar uchun ko‘plab tahdidlarni keltirib chiqarishini bildirdi.  

Shanba kuni amaldagi davlat rahbari, Los-Anjeles (Kaliforniya)dagi saylov oldi kampaniyasi uchun mablag‘ yig‘ishga bag‘ishlangan yig‘ilishda o‘z ma’muriyati yutuqlari haqida gapira turib, nutqining yarmida respublikachini tanqid qila boshladi.  

– Bilamizki, bu taraqqiyot davri keyingi saylovda xavf ostida bo‘ladi,- deb Baydenning so‘zlaridan iqtibos keltirdi Oq uy matbuot xizmati. – Tramp mamlakat uchun juda ko‘p tahdid keltirib chiqarmoqda. Tanlov erkinligi, fuqarolik huquqidan tortib, ovoz berish huquqida Amerikaning dunyodagi o‘rnigacha.

Baydenning so‘zlariga ko‘ra, Tramp keltirayotgan eng katta tahdid Amerika demokratiyasiga tahdiddir. Respublikachilar saylovda ehtimoliy g‘alaba qozongan taqdirda ikkinchi prezidentlik muddati birinchisidan ham yomonroq bo‘ladi.  

– U Amerika ko‘chalarida siyosiy raqiblarini ta’qib qilish uchun harbiylardan foydalanish bilan tahdid qilmoqda, - dedi amaldagi yetakchi.

AQSHda navbatdagi prezidentlik saylovi 2024 yil noyabrda bo‘lib o‘tadi. 25 aprel kuni Bayden oliy hukumat lavozimiga qayta saylanish uchun kurashishini e’lon qildi. Tramp esa 2022 yil noyabr oyida saylov oldi poygasiga kirishini aytgan.