Bayden: Trampdan keyin AQSH ittifoqchilari bilan munosabatlarni tikladim
AQSH Prezidenti Jo Bayden hokimiyat tepasiga kelgach, Amerika sobiq yetakchisi Donald Tramp davrida ittifoqchilar bilan buzilgan aloqalarni tiklashga majbur bo‘lganini aytdi. Bu haqda u Demokratik partiya vakillari bilan uchrashuvda gapirdi.
Oq uy matbuot xizmati iqtibos keltirgan Baydenning so‘zlariga ko‘ra, uning ma’muriyati tashqi siyosatni meros qilib oldi, buning natijasida “AQSH zamonaviy tarixdagi eng ko‘p do‘st va ittifoqchilarni yo‘qotdi”.
“Men NATO, Yevropa Ittifoqi hamda Janubiy Koreya va Yaponiya bilan munosabatlarni tiklashga ko‘p vaqt sarfladim”, dedi prezident.
U dunyo yetakchilari bilan “yuzlab soat” suhbat o‘tkazganini ta’kidladi. “Oqibatda ular Amerika eski holiga qaytganini tushunishdi”, deb qo‘shimcha qilgan Bayden.
O‘zA