Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bayden "Tolibon"ga ishonmasligini ma’lum qildi
11:10 / 2021-08-23

AQSH prezidenti Jo Baydenning bayonot berishicha, u ishonadigan odamlar orasida toliblar yo‘q.

"Men hech kimga ishonmayman, jumladan sizlarga ham. Sizlarni yaxshi ko‘raman, lekin men ishonadigan odamlar unchalik ko‘p emas", - dedi Jo Bayden Oq uyda jurnalistlar qarshisida so‘zga chiqib.

“Tolibon”ga ishonasizmi”, degan savolga u kinoya bilan javob qaytardi. Uning aytishicha, toliblar boshqa davlatlar ularni tan olishi uchun legitimlik qidirmoqda.

"Hozirgi bosqichda “Tolibon” AQSH kuchlariga qarshi harakat qilayotgani yo‘q, ular hozircha o‘z so‘zlarida turibdi. Lekin ishonchim komilki, ular barcha kuchlarini ham birdek nazorat qilayotgani yo‘q. Shunday ekan, ular aytayotgani haqiqatmi yoki yo‘qmi vaqt ko‘rsatadi", - dedi Bayden.