French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bayden tarafdorlari Oq uy atrofida to‘planishdi
09:56 / 2020-11-08

AQSH poytaxtida – Oq uy yonida minglab kishilar demokratlar nomzodi Jo Baydenning prezident saylovida qozongan g‘alabasini nishonlash uchun yig‘ilishdi.

Bu haqda Rossiyaning “RIA Novosti” axborot agentligi xabar bergan.

Amerikaliklar davlat rahbari qarorgohiga olib boruvchi 16-ko‘chani to‘ldirib yurishibdi. Ular yo‘l-yo‘l, yulduzchali mamlakat bayroqlarini, "Bayden-2020", "Sen bo‘shading!" singari matnlar yozilgan plakatlar ko‘tarib olishgan. Namoyishlar tufayli politsiya 2 ta mavze doirasida avtomobillar harakatini cheklashga majbur bo‘lishdi. Shu yaqin atrofdagi yana bir necha ko‘chada ham harakat qiyinlashib qolgan.

Tabiiyki, voqealar markazida – olomon orasida juda ko‘plab televideniye muxbirlari, tasvirchilar va boshqa OAV xodimlarini ham uchratish mumkin. Huquqni muhofaza qiluvchilar hushyor.

Odamlar bir-birlarini quchib, tabriklashyapti, ayrimlarning ko‘zida yosh. Ba’zi vashingtonliklar bolalarini, kuchuklarini yetaklab olishgan. Ularning qo‘lida "Hozircha, Donald!" kabi yozuvlar bitilgan taxtakachlar. Eng muhimi, namoyish tinch o‘tyapti, umumiy muhit yaxshi: hech qanday bahs, nizo kuzatilmayapti, politsiya xodimlari ham o‘zlarini muloyim tutishyapti.

Fuqarolarning aksariyati Bayden g‘olib chiqqanini nishonlashmoqda, shu bilan birga juda og‘ir kechgan saylov oldi kampaniyasi tuguganidan xursand bo‘lganlar ham kam emas. Axir, bu yilgi shundoq ham murakkab vaziyatda, ya’ni koronavirus epidemiyasi va iqtisodiy inqiroz davrida ayni jarayon millat, odamlar uchun yetarlicha qo‘shimcha tashvish tug‘dirdi-da. "Bu Amerika uchun g‘alaba", - deydi Oq uy yoniga kelganlardan biri.