Bayden Shvetsiya bilan Finlandiyaning NATOga qo‘shilishi haqidagi protokolni bugun imzolaydi
AQSH prezidenti Jo Baydenning seshanba kungi ish jadvalida Shvetsiya bilan Finlandiyaning NATOga qo‘shilishi haqidagi protokolni imzolashi ko‘rsatilgan.
Ushbu ikki mamlakatning arizasini bundan avvalroq senat ma’qullagan edi.
"Prezident bugun bayonot bilan chiqish qiladi va Shvetsiya qirolligi hamda Finlandiya respublikasining NATOga qo‘shilishi haqidagi protokolni imzolaydi", — deyiladi Oq uydan tarqatilgan xabarda.
Rossiya Ukrainada harbiy amaliyotlar boshlagandan keyin Shvetsiya bilan Finlandiya ko‘p yillar amal qilib kelayotgan betaraflikdan voz kechdi.