Bayden: Rossiyaning Ukraina suveren hududiga da’vosi hech qachon tan olinmaydi
AQSH Donetsk va Lugansk xalq respublikalari, shuningdek, Xerson va Zaporoje viloyatlarining ozod qilingan hududlarida o‘tkazilgan referendumlarni “mutlaqo uydirma”, deb hisoblaydi va hech qachon “Rossiya Federatsiyasining suveren hududlarga da’vosini tan olmaydi”. Bu haqda AQSH Prezident Jo Bayden ma’lum qildi.
“Mazkur referendumlar soxta, mutlaqo soxta. Natijalar Moskvada uydirilgan”.
Davlat departamenti kotibi Entoni Blinkenning aytishicha, “Qo‘shma Shtatlar va ittifoqchilarimiz, hamkorlarimiz Ukrainaning o‘z hududini Rossiyadan himoya qilish uchun kurashiga yordam berishda davom etadi. Biz Ukrainaning xalqaro tan olingan chegaralari doirasidagi birligi, suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini to‘la qo‘llab-quvvatlaymiz”.
O‘zA