Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bayden qo‘llab-quvvatlaganlardan minnatdor
16:35 / 2025-05-20

AQSH sobiq Prezidenti Jo Bayden o‘ziga saraton tashxisi qo‘yilgani haqidagi xabardan so‘ng ijtimoiy tarmoqda jamoatchilikka “mehri va qo‘llab-quvvatlagani uchun” minnatdorlik bildirdi.

– Saraton barchamizga ta’sir qiladi, – dedi u. – Ko‘pchiligingiz kabi Jill va men ham og‘ir damlarda kuchli ekanimizni angladik. Ko‘nglimizni ko‘targaningiz uchun rahmat!

Yakshanba kuni “New York Times” gazetasi sobiq yetakchining matbuot kotibiga tayanib, sobiq prezidentga og‘ir prostata saratoni tashxisi qo‘yilgani haqida xabar tarqatdi. Shu bilan birga kasallikni davolash mumkinligini ham qo‘shimcha qildi.

Bayden hozir 82 yoshda. O‘tgan yil u sog‘lig‘i bilan bog‘liq xavotir tufayli prezidentlik poygasini tark etishga majbur bo‘lgan.