Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bayden Putinning Ukraina masalasida diplomatik yechim topish g‘oyasiga rozi bo‘ldi
17:46 / 2022-02-16

AQSH prezidenti Jo Baydenning bayonot berishicha, u RFning Ukraina atrofida yuzaga kelgan vaziyatni diplomatik yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha taklifiga rozi. Uning ta’kidlashicha, diplomatik muzokaralar olib borish uchun imkoniyatlar mavjud.

"Prezident Putin va men vakillarimiz yevropalik sheriklar va ittifoqchilar bilan birgalikda ushbu masala ustidan (vaziyatni diplomatik yo‘l bilan hal qilish) ishlashga rozi bo‘ldik. Kecha Rossiya hukumati diplomatiyani davom ettirishni taklif etdi, men roziman, biz diplomatik imkoniyatlarning hammasidan foydalanishimiz kerak", - dedi AQSH prezidenti Ukrainadagi vaziyat bilan bog‘liq telemurojaatida.